“Boshqalar g‘alabasini miyamizga singdirishgandi”. Mirziyoyev Amir Temur mahorati haqida gapirdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda Amir Temurning mudofaa merosini o‘rganish boshlanadi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga tashifi chog‘ida aytib o‘tdi.

“Imkonim bo‘lishi bilan kitob o‘qishga harakat qilaman. O‘sha kuni 1 soatcha bo‘sh vaqtim paydo bo‘lib qolgandi, Amir Temur va To‘xtamishxon o‘rtasida jang tarixini o‘qidim. Buyuk sarkardamiz qanday g‘alaba qozongani menga juda qiziq edi. To‘xtamish ham osonlikcha yutqazmagan ekan, bunda Amir Temur bobomizning yuksak harbiy taktika va strategiyasi, dovyurakligi ish bergan. O‘zimga ham yozvoldim, Amir Temur jangda 7 ta usulni qo‘llagan ekan”, deydi Prezident Mirziyoyev Sohibqironning harbiy mahorat haqida.

U so‘zida davom etib, o‘tgan davrda O‘zbekistonda boshqa xalqlarning g‘alabalari o‘rganib kelinganini urg‘ulagan.

“Biz nega shu kabi buyuk ajdodlarimiz tarixini yaxshi o‘rganmaymiz? Uzoq yillar ura-ura bilan umuman boshqalar tarixini, boshqalar g‘alabasini miyamizga singdirishgandi. Mutasaddilarga topshiriq berdim — biz birinchi navbatda o‘zimizning bobolarimiz tarixini o‘rganishimiz kerak.

Siz qashqadaryoliklar anglab yetishingiz kerak – shunday ulug‘ inson sizlarning bevosita ajdodingiz bo‘ladi”, degan Shavkat Mirziyoyev.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

489

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing