Bosh vazirga yangi matbuot kotibi tayinlandi

Jamiyat

image

Bekzod Abduqayumovich Shukurov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripovning matbuot kotibi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Tayinlovga qadar u Vazirlar Mahkamasi Turizm, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyatining Ommaviy kommunikatsiyalar va axborot ochiqligini ta’minlash masalalari shu’basi mudiri vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Ma’lumot uchun, Bosh vazirning oldingi matbuot kotibi Baxtiyor Hasanov joriy yilning fevral oyida pensiyaga chiqishi munosabati bilan lavozimdan ozod qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing