Bosh vazirdan tortib jurnalistlargacha. Bolgariyada karantin qoidasini buzganlar jazolandi

Olam

image

Bolgariya Bosh vaziri Boyko Borisov bugun, 23 iyun kuni cherkovga borayotganda niqob taqishni unutib, karantin tartibini buzgani uchun 300 bolgar levi (174 dollar) miqdorida jarimaga tortiladi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vaziri Kirill Ananev 22 iyun kuni Bolgariyada koronavirus holatlari yuqori darajada qayd etilganidan so‘ng, yopiq jamoat joylarida yana niqob taqishni joriy etdi.

"Bosh vazir tashrifi chog‘ida Rila monastiri ibodatxonasida himoya niqobisiz bo‘lganlarning barchasi jarimaga tortiladi", deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi “Reuters”agentligiga yozgan xatida.

Bosh vazir Borisov, jurnalistlar, fotosuratchilar va uni ehromgacha kuzatib borgan fotomuxbirlar ham jarimaga tortiladi, deya xabar beradi “Reuters” axborot agentligi.

Bolgariya COVID-19 pandemiyasiga nisbatan juda yaxshi qarshilik ko‘rsatdi. Chunki cheklovlarga qat’iy amal qilindi. Jumladan, jamoat joylarida yuz niqoblarini majburiy taqish belgilab qo‘yildi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Bolgariyada jami 3 984 kishi koronavirusga chalindi. Bemorlardan 2 171 nafari sog‘aygan bo‘lsa, 207 nafari vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Bolgariyada

Baholaganlar

18

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar