Alisher Shodmonovning vakolatlari Musayevga yuklatildi
Jamiyat
−
30 iyul 2020
14848O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Bexzod Anvarovich Musayevga bir vaqtning o‘zida sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajarish yuklandi.
Avvalroq, Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov rejali davolanish uchun shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar bergan edik. Alisher Shodmonov koronavirusga chalinmagan.
Ma’lumot uchun, Behzod Musayev 2018 yilning dekabr oyidan 2020 yilning 13 mayigacha Davlat soliq qo‘mita raisi lavozimida faoliyat yuritgan. U 2018 yilning martidan raisning birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 13 mayda yangi ta’sis etilgan Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimga tayinlangandi.
Ma’lumot o‘rnida, Behzod Musayev 1973 yilda Toshkentda tug‘ilgan.
LiveBarchasi