Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev koronavirusga qarshi emlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston bo‘yicha taniqli shaxslarning koronavirusga qarshi vaksina qabul qilish holati so‘nggi paytlarda ko‘paymoqda. O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Behzod Musayev ham vaksina bilan emlandi.

O‘zbekistondagi nisbatan taniqli amaldorning qaysi vaksina bilan emlangani Sog‘liiqni saqlash vazirligi tomonidan ochiqlanmagan.

Ma’lumot uchun, shu kungacha Hukumat vakillari, hokimlar, oliy o‘quv yurtlari rahbarlari, tibbiyot muassasalari boshliqlari, san’atkorlar va ko‘plab aholi vakillari koronavirusga qarshi emlandi. 

Xususan, joriy yilning 3 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida koronavirusga qarshi vaksina bilan emlangandi

Shuningdek, 2 iyul kuni O‘zbekiston Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov koronavirusga qarshi o‘zbek-xitoy vaksinasi bilan emlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

66

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing