Bosh vazir arab shayxlari ov qilishiga ruxsat berdi

Olam

image

Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Asqar Mamin arab shayxlariga Qozog‘iston tabiat qo‘riqxonalarida ov qilish uchun ruxsat berdi. Bu haqda Nur.kz xabar bermoqda.

Bosh vazir tomonidan imzolangan Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori Qozog‘iston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining veb-saytida e’lon qilindi.

Hujjatda aytilishicha, Hukumat to‘rtta arab shayxiga (uchtasi BAAdan, bittasi Qatardan) o‘z lochinlari bilan ov qilish uchun joriy yilning 10 oktyabridan 15 noyabrigacha ruxsat berishga qaror qildi.

Ular Olmaota, Jambil, Qizilo‘rda, Mangistau va Turkiston viloyatlari qo‘riqxonalarida ov qiladi. 

Har bir parranda uchun shayxlar 260 MRP (656 ming 600 tanga) to‘lashlari kerak. Yuqoridagi viloyatlar hokimlariga shayxlarga ovni tashkil etishda zarur yordam ko‘rsatilishi topshirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston arab shayxlariga ov qilish uchun

Baholaganlar

291

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar