“Bosh serjantlar korpusi” faoliyati takomillashtiriladi
Jamiyat
−
21 fevral 5310 2 daqiqa
Armiyaning ustuni bo‘lmish “Bosh serjantlar korpusi” faoliyati takomillashtiriladi. Bu bo‘yicha tegishli vazifalar bugun, 21 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan Xavfsizlik kengashining davlat harbiy xavfsizligi va mudofaasini mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishida berildi.
Yig‘ilishda “Bosh serjantlar korpusi” faoliyatini takomillashtirish, mudofaa sanoatini yanada rivojlantirish, harbiy xizmatchilarni va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va harbiy sport sohasiga yo‘naltirish kabi muhim vazifalar belgilandi.
Shuningdek, milliy armiya zamonaviy qurol-yarog‘ va texnika bilan ta’minlanayotgani, harbiy xizmatchilarning jangovar va ma’naviy tayyorgarligi sezilarli darajada oshgani qayd etildi. Jahon tajribasi va tahlillardan kelib chiqib, ichki va tashqi xatarlarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha yangi jangovar bo‘linmalar tuzildi, qo‘shinlar tarkibi optimallashtirildi.
Armiyani modernizatsiya qilish va zamonaviy qurollantirishning yangi tizimi – mudofaa sanoati yanada rivojlantirilgani, qo‘shimcha korxonalar tashkil qilingani qayd etildi. Qurolli Kuchlarimiz tomonidan 20 dan ziyod mamlakat bilan ikki tomonlama harbiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, 400 dan ortiq qo‘shma mashg‘ulotlarda yuqori ko‘rsatkichlarga erishilganligi aytib o‘tildi.
Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 21 fevral kuni Mudofaa sanoati agentligining Innovatsion texnologiyalar markaziga borib, bu yerdagi ishlab chiqarish quvvatlari, ilg‘or ishlanmalar, harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar bilan tanishgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr