Bosh prokurorga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
24 mart 2020
8797O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kecha, 23 martdagi farmoniga asosan Shavkatjon Jo‘rayevich Rahimov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Shavkat Rahimov tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qishloq ho‘jaligi sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuroriga ikkita yangi o‘rinbosar tayinlangani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi