Harbiy prokurorga ikki o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
04 mart 2020 10205 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuroriga ikki nafar yangi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda Bosh prokurorning tegishli buyrug‘i imzolandi.

Adliya polkovnigi Bahodir Karimberdiyevich Xudoyberdiyev O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2020 yil 3 mart kunidagi 223-sonli buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Adliya mayori Sarvar Sattarovich Muxitdinov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2020 yil 3 mart kunidagi 225-sonli buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr