Bosh prokuratura so‘xlik blogerning qayerdaligini ochiqladi

Jamiyat

image

Farg‘ona viloyati prokuraturasi tomonidan joriy yilning may oyida So‘x tumanida sodir bo‘lgan ommaviy tartibsizliklar va boshqa holatlar yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilayotgani haqida xabar bergan edik. Tergov davomida 6 nafar shaxsga nisbatan JKning 219 va 244-moddalari bilan ayb e’lon qilinib, ularga “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda esa so‘xlik bloger Haydarjon Bobohaydarov yo‘qolib qolgani haqida xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura mazkur ish bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi va bloger ushlanganini ma’lum qildi.

"Fuqaro Haydarjon Bobohaydarov (bloger) jinoyat ishi bo‘yicha gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, JPKning 226-moddasi tartibida ushlangan", deyiladi xabarda.

Tergov davomida Haydarjon Bobohaydarovga protsessual huquq va majburiyatlari tushuntirilgan va himoya huquqi (advokat) ta’minlangan.

Qayd etilishicha, ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

807

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing