Bosh prokuratura ishda vafot etgan xodimi uchun salkam 1 mlrd nafaqa to‘laydi

Jamiyat

image

Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi prokurori lavozimida ishlagan marhum xodimi Samir Rahmonovning o‘limi uchun uning turmush o‘rtog‘i foydasiga 951 million 200 ming so‘m bir yo‘la to‘lanadigan nafaqa puli va 20 million so‘m ma’naviy zararni to‘lab beradi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, sudning joriy yil 10 martdagi ajrimi bilan da’vogar A. Raxmonov vafot etgani sabab, uning javobgar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga nisbatan boquvchisining vafoti munosabati bilan nafaqa pulini undirish va ma’naviy zararni qoplash to‘g‘risidagi da’vo arizasi ish yurituvidan tugatilgan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining joriy yil 28 martdagi hal qiluv qaroriga asosan N. Rahmonovaning javobgar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga nisbatan boquvchisining vafoti munosabati bilan nafaqa pulini undirish va ma’naviy zararni qoplash haqidagi da’vo talablari qisman qanoatlantirilgan.

Javobgardan N. Rahmonovaning foydasiga 951 275 952 so‘m miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan nafaqa puli va 20 000 000 so‘m miqdorida ma’naviy zarar undirilishi hamda davlat foydasiga 76 642 076 so‘m davlat boji to‘lanishi belgilandi.

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan yilning aprel oyida Bosh prokuraturaning 33 yoshli xodimi Samir Rahmonov vafot etgandi. Shundan so‘ng, marhumning otasi deputat A. Rahmonov  marhum xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda ish joyida vafot etgani, to‘rt nafar voyaga yetmagan farzandi boquvchisiz qolsa-da, uning oilasiga qonunga asosan kafolatlangan nafaqa pullari to‘lab berilmayotgani sabab sudga murojaat qilgandi. Biroq, sud A.Rahmonovning da’vosini rad etgan. 

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi Bosh prokuratura xodimining vafotiga izoh bergandi. Izohda prokuratura Samir Rahmonovning vafoti haqida tegishli Nizom belgilangan tartibga binoan tegishli idoralarga ma’lum қилмагани aytilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

615

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing