Bosh prokuratura ichki ishlar xodimi poytaxtda o‘ldirib ketilishi bo‘yicha bayonot berdi
Olam
−
30 noyabr 2022
16799Biroz avval poytaxt Toshkentning Olmazor tumanida Ichki ishlar xodimi N.Bobomurotov xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida o‘ldirib ketilgani haqida xabar bergan edik. Ayni vaqtda uning hayotiga tajovuz qilishda gumonlanayotgan shaxsni qo‘lga olish barcha zarur choralari ko‘rilmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
“Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Olmazor tumanida IIO FMB profilaktika inspektori qasddan o‘ldirilganligi holati yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hozirda prokuratura hamda ichki ishlar organlarining malakali va tajribali xodimlaridan iborat tezkor-tergov guruhi tashkil qilingan bo‘lib, xodimning hayotiga tajovuz qilishda gumonlanayotgan shaxsni qo‘lga olish barcha zarur choralari ko‘rilmoqda”, deydi Shamsutdinov.
Shuningdek, Bosh prokuratura jamoasi og‘ir judolikka uchragan marhum xodimning yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etib, hamdardlik bildirgan.
LiveBarchasi