Bosh prokuratura Andijondagi qotillik bo‘yicha ma’lumot berdi
Jamiyat
−
26 yanvar 2023
15585Avval xabar berganimizdek, Andijonda ayol va uning voyaga yetmagan jiyani yashash uyidan o‘lik holda topilgan edi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov dastlabki tergov natijalarini ma’lum qildi.
Aniqlanishicha, 25 yanvar kuni soat 18.30 larda 30 yoshli erkak ammasining yashash uyida kredit qarzdorligini to‘lash uchun qarzga pul so‘ragan va ammasidan rad javobini olgan.
Rad javobidan jahli chiqqan erkak pul mablag‘larini qo‘lga kiritishni maqsad qilib, ammasi va u bilan yashovchi jiyani (amakisining qizi) ni xo‘jalik pichog‘i bilan qasddan o‘ldirgan.
Shundan so‘ng, u xonadonda bo‘lgan 7 million so‘m pulni qo‘lga kiritib, voqea joyidan yashiringan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida gumonlanuvchi shaxs ushlangan.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi