Andijonda ayol va uning jiyani o‘ldirib ketildi
3-sahifa
−
26 yanvar 2023 15401 1 daqiqa
Andijonda ayol va uning voyaga yetmagan jiyani yashash uyidan o‘lik holda topilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Kecha, 25 yanvar kuni soat 15:40 larda Xo‘jaobod tumani “Mustaqillikning 27 yilligi” mahallasida yashovchi ayol K.A. va uning 2005 yilda tug‘ilgan jiyani S.K.ning murdalari yashash xonadonidan qotillik alomatlari bilan topilgan.
Holat yuzasidan shu kunning o‘zida Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda malakali xodimlardan iborat tezkor-tergov guruhi tuzilib, jinoyatni fosh etish choralari ko‘rilmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025