“Borussiya” Jud Bellingemga narx belgiladi
Sport
−
29 iyun 2022
2564Germaniyaning “Borussiya Dortmund” klubi yarim himoyachisi Jud Bellingemga narx belgiladi. Bu haqda “Sport Bild” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, nemis klubi 2023 yilning yozida yarim himoyachi uchun 120 million yevro talab qiladi. “Borussiya” potensial xaridorlar ushbu narxdan kamroq pul taklif qilsa, ular bilan muzokaraga kirishmaydi.
Qayd etilishicha, angliyalik futbolchiga “Real”, “Manchester Yunayted” va “Liverpul” klublari qiziqish bildirmoqda. Biroq “Borussiya” Bellingem uchun birorta ham rasmiy transfer taklif olmagan. Shunday bo‘lishiga qaramay, Jud 2023 yilning yozida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Dortmundning “Borussiya” klubi 2020 yilda “Birmingem” jamoasidan Bellingemni 25 million yevroga sotib olgan edi. 19 yoshga to‘lgan yarim himoyachi o‘tgan mavsumda "Borussiya" safida barcha musobaqalarda 43 o‘yinda maydonga tushib, 6 gol urdi va 13 golli uzatmaga mualliflik qildi.
Ma’ruf Abdumalikov
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15