Bortida minglab avtomobillar bo‘lgan kema Tinch okeaniga g‘arq bo‘ldi

Olam

image

Joriy yilning 23 iyun kuni Tinch okeanida uch hafta davomida yongan Morning Midas kemasi minglab avtomobillar bilan birga cho‘kib ketdi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, iyun boshida yonib ketgan Morning Midas kemasi Tinch okeanining o‘rtasida, qirg‘oqdan taxminan 579 kilometr uzoqlikda tashlab ketilgan.

Kemani boshqaruvchi Zodiac Maritime kompaniyasining bayonotiga ko‘ra, yong‘in oqibatidagi shikastlanishlar ob-havo yomonlashuvi bilan yanada kuchaygan, oqibatda kema 23 iyun kuni butunlay cho‘kib ketgan.

Morning Midas kemasiga yordam ko‘rsatishi kerak bo‘lgan uchta maxsus kemadan ikkinchisi 15 iyun kuni, yong‘in boshlanganidan bir haftadan ko‘proq vaqt o‘tibgina voqea joyiga yetib borgan.

Kema Xitoyning Chery Automobile Co. va Great Wall Motor Co. kabi avtomobil ishlab chiqaruvchilarning mashinalarini Meksikaga olib ketayotgan bo‘lgan. Umumiy hisobda kemada qariyb 3 mingta avtomobil, jumladan 800 ta elektromobil bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Myanma sohillari yaqinida 2 ta kemada 400 dan ortiq rohinja musulmonlari cho‘kib ketgan edi. Kemalarda bo‘lgan rohinjaliklar Bangladeshdagi ulkan Cox’s Bazar qochqinlar lagerlaridan yoki Myanmaning g‘arbiy Raxayn shtatidan qochayotgan bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

kema Tinch okeani Morning Midas

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing