Bortida 150 yo‘lovchisi bo‘lgan samolyot yonib ketdi (video)
Olam
−
25 aprel 2023 28249 1 daqiqa
Nepal poytaxti Katmandu aeroportidan ko‘tarilgan Flydubai samolyotining dvigateli parvoz paytida yonib ketdi. Bu haqda “Asian News International” agentligi xabar berdi.
Mazkur hodisaga samolyotning dvigateliga kirib qolgan qush sabab bo‘lgan. Samolyot bortida 150 ga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan.
Samolyot mahalliy Nepal vaqti bilan soat 21:19 da Dubayga uchib ketishi kerak bo‘lgan. Oradan biroz vaqt o‘tib, samolyot Dubayga parvozini davom ettirgani haqida xabar berilgan, chunki uchuvchilar parvozni davom ettirish uchun samolyotning holati normal ekanligiga ishonch hosil qilgan.
Keyinroq Flydubai kompaniyasi samolyot Dubay xalqaro aeroportiga xavfsiz qo‘nganini ma’lum qildi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr