Borovskaya O‘zbekistonga keldi!
Jamiyat
−
09 Sentabr 2019
6160O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasining iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyasini fan va ta’lim bo‘yicha tarkibiy komissiyasining hamraisi Marina Borovskaya bugun, 9 sentyabr kuni Toshkentga keldi.
Tashrif doirasida Borovskaya xonim rahbarligidagi delegatsiya bugun “MISiS” Milliy texnologik tadqiqotlar universitetining Olmaliq filialida bo‘ldi. Mehmonlar filialning o‘quv va ilmiy tadqiqot faoliyati, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Talabalar va professor-o‘qituvchilar bilan bo‘lgan muloqot chog‘ida o‘quv jarayoni samaradorligini yanda oshirish, o‘quv laboratoriyalari, axborot kutubxonalarini yanada boyitish xususida fikr almashildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalari kengayib borayotganligi alohida qayd etildi.
Kunning ikkinchi yarmida delegatsiya a’zolarining Toshkent viloyatida joylashgan Toshkent shahrida “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining filialiga tashrifi rejalashtirilgan.
Ertaga, 10 sentyabr kuni Oliy va o‘rta masxus ta’lim vaziri Inom Majidov va Rossiya Federatsiyasi fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari Marina Borovskaya ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasining iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyasini fan va ta’lim bo‘yicha tarkibiy komisiyasining birinchi yig‘ilishi o‘tkaziladi.
LiveBarchasi