Boris Jonson koronavirusdan so‘ng ko‘rish qobiliyati yomonlashganidan shikoyat qildi
Olam
−
26 may 2020
3040Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonning ko‘rish qobiliyati koronavirusni boshdan kechgandan so‘ng yomonlashga. Bu haqda hukumat rahbari bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.
“Men ko‘p yillar davomida birinchi marta ko‘zoynak taqishim kerakligini tushundim. Menimcha ko‘rish qobiliyatim yomonlashgani koronavirus bilan bog‘liq muammo bo‘lishi mumkin“, deydi bosh vazir.
Shuningdek, Jonson kecha, 25 may kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida uning yaqin maslahatchisi Dominik Kammings ham koronavirus sabab ko‘rish qobiliyatini yomonlashganini aytdi. Avvalroq, ommaviy axborot vositalari uni karantinni buzganlikda ayblagan va Londondan 400 km uzoqlikda, xotini va besh yoshli bolasi bilan otasining fermasiga borganini tanqid qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Boris Jonsonda joriy yilning 27 mart kuni koronavirus aniqlangan. 6 aprel kuni esa shifoxonaga yotqizilgan. Oz vaqt o‘tib, uni ahvoli yomonlashgan va intensiv terapiya bo‘limiga o‘tkazilgan. 12 aprel kuni esa Bosh vazir shifoxonadan chiqarilgan.
LiveBarchasi