Boltiq dengizida 77 kilometrlik dog‘ paydo bo‘ldi 

Olam

1381468.abe34e39b9e10aafc70a6a3b45621d43

Kecha, 14 iyun kuni Boltiq dengizidagi Botniya ko‘rfazida, Shvetsiya va Finlyandiya o‘rtasida 77 kvadrat kilometrlik dog‘ paydo bo‘ldi. Bu haqda “Sverigesradio” xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Shvetsiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati Botniya ko‘rfazidagi noma’lum moddaning katta qismi qandaydir kema tomonidan suyuqlik saqlanadigan zaxira idishni (rezervuar) tozalash natijasida yuzaga kelgan deb gumon qilmoqda. Biroq kechqurun dog‘lar sun’iy yo‘ldosh tasvirlarida ko‘rinmaydi.

“Dog‘ yo‘qolgani yo‘q, u shunchaki kechqurun ko‘rinmaydi. Dengiz yuzasidagi moddalar turlicha harakat qilishini bilamiz. Ular suv sathidan pastda harakatlana oladi”, deydi Shvetsiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati xodimi Jonatan Tolin.

Ayni vaqtda Boltiq dengizi yuzasida, Shvetsiya va Finlyandiya o‘rtasidagi ko‘rfazda konteynerlar joylashtirilgan, ularning vazifasi suvdagi dog‘larni "olib tashlash". Namunalar allaqachon tahlilga yuborilgan. Test natijalari keyingi hafta chiqishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

534

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing