Boltiqbo‘yi davlatlari ruslarni mamlakatga kiritmaslikka kelishib oldi
Olam
−
07 Sentabr 2022
7190Boltiqbo‘yi davlatlari – Litva, Latviya va Estoniya rossiyaliklarning chegaradan o‘tishini cheklash bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Latviya Tashqi ishlar vaziri Edgar Rinkevich o‘z Twitter sahifasida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, cheklov Rossiya va Belarus hududidan chegarani kesib o‘tuvchi rossiyaliklarga nisbatan qo‘llaniladi. Biroq, gumanitar sabablarga ko‘ra Boltiqbo‘yi mamlakatlariga kiruvchi yuk mashinalari, diplomatlar, oila a’zolari va fuqarolar uchun istisno qilinadi.
“Boltiqbo‘yi davlatlari Shengen vizasiga ega bo‘lgan Rossiya fuqarolarining chegaradan o‘tishini sezilarli darajada cheklash (ayrim istisnolardan tashqari) bo‘yicha kelishuvga erishdi. Qarorlar milliy hukumatlar tomonidan milliy tartib-qoidalarga muvofiq qabul qilinadi va bir vaqtning o‘zida kuchga kiradi", deydi Latviya Tashqi ishlar vaziri.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel rossiyaliklar uchun Shengen vizasiga ega bo‘lish Yevropa Ittifoqiga kira olishiga kafolat emasligini aytgan edi.
Farangiz Salimova
LiveBarchasi