Shengen vizasi ruslar uchun YeIga kirishni kafolatlamaydi – Borrel

Olam

image

Rossiyaliklar uchun Shengen vizasiga ega bo‘lish Yevropa Ittifoqiga kirish uchun zarur shartdir, lekin u ma’lum bir mamlakatga kira olishiga kafolat emas. Bu haqda Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel ma’lum qildi.

Yevropa diplomatiyasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Shengen vizasining mavjudligi faqat kirish uchun zaruriy shart, biroq odamning ma’lum bir Yevropa davlatiga borishi kafolati emas.

Shuningdek, u Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vazirlari Yevropa Ittifoqi davlatlari o‘z chegaralari va kirib kelayotgan barcha shaxslar ustidan nazoratni ta’minlashi kerakligi haqida kelishib olganini ta’kidlagan.

“Vizaga ega bo‘lish rossiyalik sayyohning ma’lum bir mamlakatga kirishiga kafolat emas. Bu asosiy shart, lekin u chegarada nazoratdan o‘tishi kerak va unga ruxsat berilmasligi mumkin”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Borrel Rossiyaliklar uchun Yevropa Ittifoqiga vizalar berishni butunlay taqiqlash yaxshi taklif emasligini aytgan edi.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

23

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing