YeI bosh diplomati ruslarni Yevropaga yo‘latmaslik taklifiga qarshi chiqdi
Olam
−
29 avgust 2022 6812 1 daqiqa
Rossiyaliklar uchun Yevropa Ittifoqiga vizalar berishni butunlay taqiqlash yaxshi taklif emas. Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Jozep Borrel kecha, 28 avgust kuni shunday bayonot berdi.
Yevropa diplomatiyasi rahbari Rossiya aholisi bilan aloqalarni uzmaslikka chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday keng qamrovli qadamning oqibatlari ijobiy bo‘lmaydi.
“Har qanday holatda men viza berilmasligi tarafdori emasman”, deydi Borrel.
Shuningdek, u Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bu masalada yakdillik ko‘rsatishiga shubha bildirgan.
Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vazirlari Rossiya bilan viza rejimini soddalashtirish bo‘yicha kelishuvni to‘xtatish taklifini qo‘llab-quvvatlashi mumkin. Bu haqda Britaniyaning “Financial Times” gazetasi xabar bergan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin Rossiya Federatsiyasi fuqarolariga vizalar berish taqiqlansa Yevropa mamlakatlari katta yo‘qotishlarga duchor bo‘lishini, shuningdek, ruslarga chet elda bo‘lmasa, o‘z yurtlarida ham dam olishga joy borligini ta’kidlagan edi.
Farangiz Salimova
Live
Barchasi