Boliviyada davlat to‘ntarishiga urinish bo‘ldi
Olam
−
27 iyun
4195Boliviya harbiylari respublikaning amaldagi poytaxti La-Pasdagi hukumat saroyi joylashgan Plaza Murillo maydonini egallab oldi. Bu haqda “El Deber” xabar berdi.
Qayd etilishicha, bino hududiga zirhli mashina va bir necha qurollangan odam kirib kelgan. Sobiq prezident Evo Morales (2006-2019) general Xuan Xose Sunigani harbiy to‘ntarishga urinishda ayblab, “biz qurolli kuchlarning demokratiyani buzishiga va xalqni qo‘rqitishiga yo‘l qo‘ymaymiz”, deb va’da berdi.
Ta’kidlash joizki, general Suniga sobiq prezident Moralesni tanqid qilgani uchun bir kun avval armiya qo‘mondoni lavozimidan bo‘shatilgan.
Amaldagi Prezident Luis Arse harbiylarning hukumat qarorgohida paydo bo‘lishini qoralab, ularni demokratiyani hurmat qilishga chaqirdi.
Murillo maydonida so‘zlagan Suniga “vatanini qaytarib olish” uchun binoga qo‘shinlarni safarbar qilganini aytdi.
“Mamlakatimizni talon-toroj qilishni, harbiylarni tahqirlashni bas qiling. Biz o‘z noroziligimizni bildirish uchun keldik”, dedi u rasmiylarga murojaat qilib.
General, shuningdek, armiya yangi Vazirlar Mahkamasi shakllanishini xohlashini aytdi va u Luis Arcyening tan olish-olmasligi haqidagi savolga: “Hozircha”, deb javob berdi.
Suniganing so‘zlariga ko‘ra, harbiylar o‘z harakatlarini politsiya bilan muvofiqlashtirgan.
Keyinchalik, Arcye uning oldiga chiqdi va ular gaplashdi. Boliviya Ichki ishlar vaziri Eduardo del Kastillo harbiylarning harakatlarini qoraladi va Tashqi ishlar vaziri Selinda Sosa xalqaro hamjamiyatni Arcye hukumatini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. Prezident ma’muriyati rahbari Mariya Nela Prada ham shunday chaqiriq bilan chiqdi.
Amerika davlatlari tashkilotiga a’zo davlatlar, jumladan Chili va Gonduras rahbarlari Boliviyada sodir bo‘layotgan voqealarni qoraladi. Kuba va Ekvador Prezidentlari ham Luis Arseni qo‘llab-quvvatlashgan.
LiveBarchasi