Boliviyada avtobus jarlikka qulashi oqibatida 31 kishi halok bo‘ldi

Olam 1918
image

Kecha, 12 iyul kuni tongda Boliviya janubidagi tog‘li hududda yo‘lovchi tashuvchi avtobus jarlikka qulab tushdi. Bu haqda “Unitel” telekanali xabar bermoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Sukre shahriga ketayotgan avtobus, haydovchining ehtiyotsizligi tufayli 150 metr balandlikdan jarlikka qulagan. Buning oqibatida, 31 kishi halok bo‘lgan, 10 kishi jiddiy jarohat olgan. Ikki nafar insonning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.

Ta’kidlanishicha, voqea joyida qutqaruv ishlari hamon davom etmoqda. Mahalliy hokimiyat hozirgacha halok bo‘lganlar va yaradorlarning ro‘yxatini to‘liq taqdim etmagan. Chunki, avtobuslar ushbu yo‘nalishda yo‘lovchilar ro‘yxatisiz harakat qiladi.

Sardor Ali Nurmatov

.
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 30
Reyting: 3
t
×