Bolalarni it kabi akillatgan psixologga jinoyat ishi ochildi (video)
3-sahifa
−
15 iyul 22587 2 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini go‘yoki defektolog-psixolog deb atagan D.J. duduqlangan bolalarni so‘kinish, qo‘rqitish hamda it kabi hurkitish usulida davolashga uringani aks etgan videoxabarlar tarqalgandi. Ushbu ayolning harakatlari yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Bolalar ombudsmani 2024 yilning yakuni va 2025 yilning yanvar oyida uning harakatlari bo‘yicha o‘rganish olib borgan.
Xususan, Bolalar ombudsmanining D.J.ning ish uslubiga ilmiy va kasbiy baho berish uchun kiritgan so‘rovi asosida malakali defektolog va logopedlardan iborat ishchi guruh o‘tkazgan o‘rganish natijasida pedagog D.J.ning ish usuli mutlaqo ilmiy asoslanmagan, murakkab duduqlanish muammosiga tor va ibtidoiy yondashuvda ekani, D.J.ning duduqlanishni bartaraf etishda qo‘llayotgan ruhiy va jismoniy zo‘ravonlik usullari bolalarning sog‘lig‘i va tarbiyasiga jiddiy zarar keltirishi hamda pedagogika qoidalariga butunlay zidligi to‘g‘risida xulosa berilgan.
“Buning asosida Bolalar ombudsmani tomonidan prokuratura organlariga holatga huquqiy baho berish to‘g‘risida so‘rov kiritilgan va D.J.ga nisbatan jinoyat ishi yurituvi olib borilgan”, deyiladi xabarda.
Ma’lum vaqt o‘tganidan so‘ng, D.J. avvalgidek duduqlanishi bo‘lgan bolalar bilan o‘zining ilmiy asoslanmagan, defektologiyaga daxli yo‘q amaliyotini davom ettirgani kuzatilgan.
Shu bilan birga. D.J.ning bola manfaatlariga zid harakatlari yuzasidan 2025 yilning 2 iyun kuni Bolalar ombudsmani Bosh prokuraturaga tegishli so‘rov yuborgan.
Natijada Toshkent shahrining Yunusobod tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishini tugatish to‘g‘risidagi qaror bekor qilinib, ish hujjatlari tergov harakatlarini olib borish uchun Yunusobod tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limiga yuborilgan.
Tergov bo‘limi tomonidan D.J ning bola manfaatlariga zid harakatlari yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Live
Barchasi