Bolalarga yod preparatlarini bepul tarqatish davom ettiriladi
Jamiyat
−
28 avgust 2023
3726Joriy yilda ham maktab o‘quvchilariga yod preparatlarini bepul tarqatish davom ettiriladi. Bu haqda mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan bugun, 28 avgust kuni maktablarda ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quvchi o‘rnini ko‘paytirish hamda o‘qituvchilar malakasini oshirish va ularga munosib sharoit yaratish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida aytildi.
Yig‘ilishda aytilishicha, bundan uch yil oldin 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga yod, vitaminlar va gijjaga qarshi dorilar tarqatish amaliyoti joriy qilingan. Natijada bolalarning jismoniy va aqliy rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadigan qalqonsimon bezi kasalliklari kamaya boshlagan.
Mas’ullarga sentyabr oyidan bu ishlarni tizimli tashkil qilib, ota-onalar va o‘quvchilar orasida yod iste’molining foydali xususiyatlarini keng targ‘ib qilish topshirilgan.
Ma’lumot uchun, 2021 yildan bolalar uchun ovqatni boyitadigan qo‘shimchalar, vitamin A va gijjaga qarshi anti-gel-mint preparatlarni bepul berish yo‘lga qo‘yildi. Ushbu ishlarni davom ettirgan holda, 2022 yil 1 iyuldan boshlab, 3-15 yoshli bolalarga yod preparatlari davlat tomonidan bepul tarqatilmoqda.
LiveBarchasi