Qirg‘izistonda ham pedofiliya uchun umrbod qamoq joriy etilishi mumkin
Olam
−
10:38 481 1 daqiqa
Qirg‘izistonda bolalar va ayollarga nisbatan sodir etilgan o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi. Kecha, 19 fevral Prezident ma’muriyati Jinoyat kodeksiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga taqdim etdi. Bu haqda “Sputnik Qirg‘iziston” xabar berdi.
Loyihaga ko‘ra, pedofiliya, zo‘rlash hamda mazkur jinoyatlar bilan bog‘liq holda ayollar va bolalarni o‘ldirish holatlari uchun umrbod qamoq jazosi belgilanishi mumkin.
Taklif etilayotgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, bunday jinoyat sodir etgan shaxslar mol-mulki musodara qilingan holda umrbod ozodlikdan mahrum etiladi. Ushbu jazo muqobilsiz bo‘lishi, ya’ni uning o‘rniga boshqa yengilroq jazo qo‘llanilmasligi ta’kidlanmoqda.
Bir muddat avval rasmiylar ushbu jinoyatlar uchun o‘lim jazosini qayta joriy etishni taklif qilgan edi. Biroq, Konstitutsiyaviy sud o‘lim jazosini tiklash mumkin emasligi haqida qaror chiqargan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev pedofiliya uchun umrbod qamoq jazosini ma’qullagandi.
Live
Barchasi