Bolalar gematologiyasi va onkologiyasi markazi Gematologiya markazi tarkibidan chiqariladi

Jamiyat

image

Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi 2022 yil 1 yanvardan Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tarkibidan chiqariladi va mustaqil faoliyat yuritadi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Gematologik va onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.

Gematologik va onkologik kasalliklarga chalingan bolalarga palliativ tibbiy xizmat ko‘rsatish Markazning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

Qaror bilan Markazni samarali tashkil etish va rivojlantirishga oid konsepsiya tasdiqlandi.

Onkologik va gematologik bemorlarga respublika bosh tibbiyot tashkilotlarida davolanish uchun imtiyozli yo‘llanma berilgan taqdirda ularning transport xarajatlari mahalliy byudjetdan qoplab beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

25

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing