Bola qotilligi uchun qamalgan juftlik 35 yildan so‘ng oqlandi
Olam
−
16 yanvar 2022
10958AQSHning Tennessi shtatida jiyanini o‘ldirishda ayblangan ayol va uning sevgilisi 35 yildan so‘ng oqlandi. Ular bolaning o‘limi uchun 27 yilga qamalgandi.
Devidson okrugining Jinoiy sudi ma’lum qilishicha, hozir 74 yoshli Joys Uotkins va uning sevgilisi bo‘lgan Charli Dann 1987 yil 26 iyun kuni Uotkinsning 4 yashar qiz jiyani Brandini o‘zlari bilan olib ketish uchun Kentukki shtatiga borishadi.
Ertasi kuni, 4 yashar Brandi tanasida va boshida jarohatlar bilan Nashvill memorial shifoxonasiga xushsiz holda olib boriladi. Shifoxonaga yotqizilganidan bir kun o‘tib, kichkintoy Brandi o‘sha yerda vafot etadi.
Qizaloqning xolasi Joys va uning sevgilisi Charli uni uyidan olib ketganidan so‘ng 9 soat mobaynida u bilan birga bo‘lishgan. Tibbiy ekspertiza qizaloq aynan mana shu davr mobaynida jarohatlanganini ko‘rsatgan.
Voqeadan bir yil o‘tib, 1988 yilda juftlik birinchi darajadagi qotillikni amalga oshirgani uchun har biri 27 yil muddatga qamalgan.
Joys Uotkins jazo muddatini o‘tab bo‘lgach 2015 yilda ozodlikka chiqdi, ammo uning sevgilisi Charli Dann to‘satdan qamoqxonada vafot etgan.
Sud holatni qayta ko‘rib chiqqanida yangi dalillar paydo bo‘lgan. Qizaloq Brandi ohirgi marta katta xolasi Rose Uilliamsning uyidan olib chiqib ketilgan. Tergovchilar voqea joyini ko‘zdan kechirganida qizaloq tanasidagi tan jarohatlarini bolalar o‘yin maydonchasida olganini qizaloq esa bosh miyasidagi noma’lum kasallik oqibatida hushini yo‘qotib olamdan o‘tganini aniqlagan.
Oradan 35 yil o‘tib Joys Uotkin o‘zining aybsizligini isbotlash uchun “Tennessee Innocence” loyihasi va Devidson okrugi prokuraturasiga murojat qilgan.
2021 yil 10 noyabrda juftlikning oqlanishi bo‘yicha sud ishi ko‘rib chiqilgan va ular aybsiz deb topilgan.
Oqlov hukmi o‘qilganidan so‘ng CNN telekanaliga intervyu bergan Uotkin xonim shunday degan:
“Men barcha odamlarga men uchun qilgan ibodatlari va hayotimning yarmini behuda sarflagan bu tartibsizlikdan xalos bo‘lishda yordam berganlari uchun minnatdorlik bildiraman, men bu qiyinchililarni yengib o‘taman”.
Behruz Saidov
LiveBarchasi