“Bola asrab olish uchun 10 yil navbat kutdik”. Murod Nazarov bilan suhbat
Intervyu
−
17 yanvar 2022
33774Avvalroq, o‘zbekistonlik taniqli tadbirkor Murod Nazarov Mehribonlik uyidan 9 nafar farzand asrab olgani haqida xabar bergan edik. QALAMPIR.UZ ko‘pchilikka saboq bo‘luvchi ushbu xayrli ish uchun minnatdorlik bildirish maqsadida Nazarov bilan muloqot qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Murod Nazarov va uning turmush o‘rtog‘i – xonim Umida Nazarova 7 nafar qiz, 2 o‘g‘ilni asrab olishgan. Avvaliga ommaviy axborot vositalariga bu haqda gapirishni istamagan Nazarov, bolalar ortiqcha e’tibor va muhokamalar sabab stressga tushib qolishidan qo‘rqishini aytdi.
Qayd etishicha, u bola asrab olishni ancha avval reja qilgan va buning uchun 10 yil navbat kutgan.
“Bu masalaga ko‘p to‘xtalishni istamayman, bolalar stressga tushishi mumkin. Surat tarmoqlarda tarqalganidan keyin turli gap so‘zlar boshlandi. Bola olish istagida bo‘lganlar juda ko‘p va bu ancha vaqt oladi. Biz ham 10 yildan buyon harakat qilayotgan edik.
Bola asrab olish uchun kelganlarning ko‘pi chaqaloq olishni istaydi va bu bolalarda ham shunday bo‘lib ularni ko‘pchilik olmagan”.
Murod Nazarovga ko‘ra, 9 farzandning hammasi aka-uka, opa-singillar. Ular bir-biridan ajralishni istamagan.
“Bu bolalar aka-uka opa-singil bo‘lishgan. Bittasini olish uchun kelishsa ham ajralishni istashmagan. Mehribonlik uylarida bola kam bo‘lgani sababli 23-sonli mehribonlik uyini bo‘shatib, bolalarni turli joyga tarqatishmoqchi bo‘lishganda, ular menga yordam bering deb iltimos qilishdi. Biz oilamiz bilan maslahatlashib, ularni o‘z oilamizga olishga qaror qildik. Bolalar bilan birga ikki tarbiyachi ham kelgan. Ularni xola deb chaqirishyapti. Xolalari adaptatsiya jarayonida yonlarida bo‘lishadi”, deydi bugun xayrli ishda ko‘pchilikka o‘rnak bo‘layotgan Murod Nazarov.
LiveBarchasi