Nariman Grigoryanning qotiliga sud hukmi o‘qildi
Jamiyat
−
27 avgust 2020
19549Dizayner Nariman Grigoryanning qasddan o‘ldirilganligi yuzasidan jinoyat ishi bo‘yicha sud hukmi e’lon qilindi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida fuqaro Nariman Alimdjanov (dizayner Nariman Grigoryan) ni qasddan o‘ldirganlikda ayblangan sudlanuvchi B. Burkitbayev (1996 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, o‘zbek, muqaddam sudlanmagan) ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda Oliy sud Matbuot xizmati xabar bermoqda.
2020 yil 14 avgustdagi sud hukmiga ko‘ra, B. Burkitbayev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) va boshqa moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.
B. Burkitbayevga uzil-kesil o‘tash uchun 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, Nariman Grigoryan jasadi joriy yilning 14 yanvar kuni qotillik alomatlari bilan Yashnobod tumanidagi ijarada yashab kelayotgan uyi mehmonxonasida topilgan edi.
LiveBarchasi