Boks: Jahon chempionatining 3-kunida o‘zbekistonlik sportchilar qanday natijaga erishdi

Sport

image

Moskva shahrida harbiy bokschilar o‘rtasidagi jahon chempionatining uchinchi kunida o‘zbekistonlik 4 nafar bokschi ringga ko‘tarildi va barchasi g‘alabaga erishdi.

51 kg vaznda ishtirok etgan Aziza Yoqubova musobaqadagi ikkinchi jangini belaruslik Yuliya Apanasovichga qarshi o‘tkazdi va g‘alaba qozondi.

81 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Shohruhbek Rustamov suriyalik Yaxyo Taxani yaqqol ustunlik bilan mag‘lubiyatga uchratdi.

91 kg vaznda Javohir Tog‘aymurodov tunislik Muhammad Ali Melkiga qarshi o‘tkazdi va g‘alabaga erishib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. 

+91 kg vaznli bokschi Lazizbek Mullajonov musobaqadagi ilk jangida ozarbayjonlik Muhammad Abdullayevga qarshi ringga chiqdi va g‘alaba qozondi.

Eslatib o‘tamiz, Tokio Olimpiadasida Bahodir Jalolov 1-bosqichda aynan Muhammad Abdullayevni mag‘lub etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati Boks Aziza Yoqubova Lazizbek Mullajonov

Baholaganlar

429

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing