Boks: Jahon chempionatida nohaq mag‘lub bo‘lgan Abdurasulov keyingi bosqichga yo‘l oldi

Sport

image

Bugun, 22 sentyabr kuni Rossiyaning Moskva shahrida harbiy bokschilar o‘rtasidagi Jahon chempionatining 4-kun bahslari o‘tkazildi. Unda o‘zbekiston terma jamoasi vakili Shunqor Abdurasulov hakamlar tomonidan nohaq baholangani aniqlandi.

Gap shundaki, 60 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Shunqor Abdurasulov musobaqadagi ikkinchi jangini zambiyalik Ben Bandaga qarshi o‘tkazib, hakamlarning shubhali qarori evaziga mag‘lub bo‘lgandi. Biroq natijadan norozi bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi shtabi tomonidan protest yozildi. Shundan so‘ng, bahs neytral hakamlar tomonidan qayta ko‘rib chiqildi va unda Shunqor Abdurasulovning g‘alaba qozongani qayd etildi. Shu tariqa, Osiyo o‘yinlari kumush medali sovrindori hisoblangan Abdurasulov keyingi bosqichda o‘z ishtirokini davom ettiradi!

Eslatib o‘tamiz, harbiylar o‘rtasidagi Jahon chempionati joriy yilning 25 sentyabr kuniga qadar o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati Boks Shunqor Abdurasulov

Baholaganlar

285

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing