Boks: Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining 4-kunida o‘zbekistonlik bokschilar qanday natija qayd etdi?

Sport

image

BAAda 20 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida Osiyo chempionati davom etmoqda. Bugun, 23 avgust kuni O‘zbekiston vakillaridan 4 nafar bokschi ringga ko‘tarildi. Ularning 3 nafari g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

-48 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan Muhammadqodir Mamirjonov iroqlik Anvar Haydar ustidan qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi.

-60 kg vazn toifasida ringga chiqqan Aydos Tagaybayev qozog‘istonlik Yermek Yerasil bilan tengma-teng kurash olib bordi, biroq yakunda mag‘lubiyatga uchradi.

-67 kg vaznda O‘zbeksiton nomidan ishtirok etgan Samandar Solijonov eronlik Armun Rustamisarmajiga imkoniyat qoldirmadi va ishonchli g‘alabaga erishdi.

-71 kg vazn toifasida Jahon chempionati sovrindori A’loxon Abdullayev mo‘g‘ilistonlik Tuguldur Usuxbayarni mag‘lubiyatga uchratdi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 12-18 avgust kunlari Rossiya Federatsiyasining Grozniy shahrida boks bo‘yicha Ahmad Xoji Qodirov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnirda o‘zbekistonlik bokschilar 2 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Dubay Boks Baa Yoshlar o'rtasida Osiyo chempionati Samandar Solijonov A'loxon Abdullaev Aydos Tagaybaev Muhammadqodir Mamirjonov

Baholaganlar

196

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing