Boks: o‘zbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi

Sport

image

Bugun, 29 avgust kuni boks bo‘yicha Dubay shahrida o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida o‘smirlar o‘rtasida final bahslari o‘z yakuniga yetdi. O‘zbekiston terma jamoasi vakillari yakunda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. 

O‘zbekistonlik o‘g‘il bolalar 6 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Oltin: 

-50 kg: Hojiakbar Mahmudov
-60 kg: Javohir Ummataliyev 
-63 kg: Lazizbek To‘lqinov 
-66 kg: Fazliddin Erkinboyev
-70 kg: Shavkatjon Boltayev 
-81 kg: Sardorbek Tursunov 

Kumush: 

-52 kg: Abdulloh Madaminov 
-54 kg: Mironshox Norqosimov  
-57 kg: Dalerjon Bozorov 
-75 kg: Mizrob Nekboyev 

Bronza:

-46 kg: Baxtiyor Yaxshiboyev

Ma’lumot uchun, umumjamoa reytingida ikkinchi o‘rinni qozog‘istonlik bokschilar band etgan bo‘lsa, kuchli uchlikdan hindistonlik bokschilar joy oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Osiyo chempionati Boks O'zbekiston MTJ O'smirlar Hojiakbar Mahmudov Sardorbek Tursunov Lazizbek To'lqinov

Baholaganlar

115

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing