Boks. O‘zbekiston chempionatining finalchilari aniqlandi (fotogalereya)

Sport

r

Bugun, 10 dekabr kuni boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining 6-kun bellashuvlari o‘tkazildi.

Mironshox Ibragimov (51 kg), Shunqor Abdurasulov (57 kg) Mujibillo Tursunov (63,5 kg), Javlonbek Yo‘ldoshev (67 kg), Bobousmon Boturov (71 kg), Saidjamshid Ja’farov (75 kg), Dilshod Ro‘zmetov (80 kg) va Odiljon Aslonov (80 kg), Jahongir Zokirov (+92 kg) singari nomdor bokschilar raqiblarini mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi va g‘oliblik uchun bahs olib borishadi.

Yarim finalda imkoniyatni boy bergan bokschilar esa bronza medalni qo‘lga kiritadi.

Eslatib o‘tamiz, bu yilgi O‘zbekiston chempionatida ilk bor erkaklar o‘rtasida 13 ta vazn toifasida janglar tashkil etildi.

Shuningdek, kunduzgi dasturda ayollar o‘rtasidagi bahslarning g‘olib va sovrindorlari aniqlandi. Tokio Olimpiadasida ishtirok etgan Tursunov Rahimova (52 kg) va Rayhona Qodirova (60 kg) o‘z vaznida tengsiz, deb topildi.

Ma’lumot uchun, erkaklar o‘rtasida final janglari ertaga, 14 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da boshlanadi. 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston chempionati Boks Bobousmon Boturov Bilolbek Mirzarahimov Mujibillo Tursunov Javlonbek Yo'ldoshev

Baholaganlar

125

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing