Boks. O‘zbekiston chempionatining 3-kuni qanday o‘tdi? (foto)

Sport

29

Bugun, 10 dekabr kuni boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining 3-kun bellashuvlari o‘tkazildi.

Mironshox Ibragimov (51 kg), Bilolbek Mirzarahimov (67 kg), Javlonbek Yo‘ldoshev (67 kg), Bobousmon Boturov (71 kg), A’loxon Abdullayev (71 kg), Dilshod Ro‘zmetov (80 kg) va Odiljon Aslonov (80 kg) singari nomdor bokschilar raqiblarini mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

AIBA’ning tajribali instruktorlari Endryu Koulfild (Buyuk Britaniya) va Igor Biletskiy (Ukraina) O‘zbekiston chempionati davomida hakamlarni baholovchi (Evaluator) sifatida faoliyat yuritmoqda. Ya’ni, ushbu ikki mutaxassis O‘zbekiston chempionatida hakamlarning harakatlarini nazorat qiladi. Shuningdek, musobaqalar davomida ilk bor xorijlik referilar janglarni baholab borishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilgi O‘zbekiston chempionatida ilk bor erkaklar 13, ayollar esa 11 ta vazn toifasida g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston chempionati Boks Dilshod Ro'zmetov Bobousmon Boturov A'loxon Abdullaev Bilolbek Mirzarahimov Odilbek Aslonov Javlonbek Yo'ldoshev

Baholaganlar

24

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing