Boks: Lazizbek Mullajonov raqibiga imkoniyat qoldirmadi
Sport
−
28 Oktabr 2021
4763Bugun, 27 oktyabr kuni Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha Jahon chempionatining to‘rtinchi kungi bahslari start oldi.
+92 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Lazizbek Mullajonov Eron vakili Puria Amiriga qarshi ringga ko‘tarildi va ishonchli g‘alabaga erishdi. 22 yoshli farg‘onalik bokschi keyingi bosqichda britaniyalik Delishes Orega qarshi bahs olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, 57 kg vazn toifasida Jahon chempioni (2019) Mirazizbek Mirzahalilov AQSH vakili Jamal Xerliga qarshi ringga ko‘tarilib, 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Biroq Mirzahalilov jang davomida ustunlikka erishgan edi.
Ma’lumot uchun, Jahon chempionati joriy yilning 6 noyabriga qadar davom etadi.
LiveBarchasi