Boks: G‘oibnazarov venesuelalik, Zoirov nikaragualik raqibini bir necha soniyalarda nokautga uchratdi

Sport

image

Kecha, 13 avgust kuni Toshkent shahridagi “Humo Arena” kompleksida boks oqshomi tashkil etildi.

Kechaning asosiy janglaridan birida Fazliddin G‘oibnazarov venesuelalik Eyder Parraga qarshi jang qildi. G‘oibnazarov 10 raundga mo‘ljallangan jangni 38-soniyadayoq tugatdi va raqibini nokautga uchratdi.

Shuningdek, faoliyatini professional boksda davom ettirayotgan Shahobiddin Zoirov nikaragualik Larios Jersonga qarshi ringga ko‘tarildi.  Zoirov  nikaragualik raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratdi. Bu esa Shahobiddinning professional boksdagi 5-g‘alabasiga aylandi.

Bundan tashqari, boks oqshomida Mirazizbek Mirzaxalilov va Lazizbek Mullajonov ham ringga chiqib, nokaut bilan g‘alabaga erishdi. Lazizbek Mullajonov britaniyalik Bassetga qarshi jangini ikkinchi raundda yakunladi, Mirazizbek Mirzaxalilov esa qirg‘izistonlik raqibi Islom Torabayevni 3-raundda taslim qildi. Uning sekundantlari jangni davom ettirmaslikka qaror qilishdi.

Aytish joizki, unga o‘zbekistonlik bokschi Artur Grigoryan ham faxriy mehmon sifatida Germaniyadan tashrif buyurdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

575

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing