Boks bo‘yicha JCH: Odiljon Aslonov jangsiz g‘alaba qozondi

Sport

image

Bugun, 26 oktyabr kuni Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha Jahon chempionatining ikkinchi kungi bahslari start oldi.

Dunyo birinchiligida 80 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Odiljon Aslonov ilk jangini tanzaniyalik  Yusuf Changalaveyga qarshi o‘tkazishi lozim edi. Ammo raqib noma’lum sabablarga ko‘ra jangga chiqmaydigan bo‘ldi va buxorolik bokschi avtomatik tarzda keyingi bosqichga yo‘l oldi. Aslonov navbatdagi jangini 30 oktyabr kuni italiyalik Fioriga qarshi o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, bugun yana ikki nafar o‘zbekistonlik bokschi – Hasanboy Do‘smatov va Saidjamshid Jafarov ham o‘z ishtirokini o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, kecha, 25 oktyabr kuni 67 kg vazn toifasida ishtirok etgan bokschi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev irlandiyalik Brendan Makkiverni mag‘dub etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AIBA Jahon chempionati Boks Odiljon Aslonov

Baholaganlar

648

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing