Boks bo‘yicha JCH: Odiljon Aslonov g‘alaba qozondi

Sport

image

Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha Jahon chempionatining oltinchi kun bellashuvlariga start berildi.

Bugun, 30 oktyabr kuni 80 kg vaznda ishtirok etayotgan Odiljon Aslonov JCH doirasida italiyalik Simone Fioriga qarshi jang o‘tkazdi va barcha raundlarni o‘z foydasiga hal etgan holda ishonchli g‘alabaga erishdi. Aslonov chorak final yo‘llanmasi uchun amerikalik Raxim Gonsales bilan “hisob-kitob” qiladi.

Shuningdek, 48 kg vazn toifasida Nodirjon Mirzahmedov irlandiyalik Rikki Nesbitga qarshi ringga ko‘tarildi va 3 raund davom etgan jangda ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Mirzahmedov chorak finalda Qozog‘iston vakili Temirtas Jussupovga qarshi bahs olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 29 oktyabr kuni 71 kg vaznda bahslarga kirishgan Shahram G‘iyosov qozog‘istonlik Aslanbek Shimbergenovga imkoniyatni boy bergan edi.

Ma’lumot uchun, Jahon chempionati joriy yilning 6 noyabriga qadar davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

AIBA Jahon chempionati Boks

Baholaganlar

27

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing