Boks bo‘yicha JCH: bugun Shohjahon Abdullayev ringga ko‘tariladi

Sport 3537
image

Ayni kunlarda Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun, 27 oktyabr kuni 86 kg vazn toifasida yoshlar o‘rtasida Osiyo chempioni Shohjahon Abdullayev belgiyalik Viktor Shelstritga qarshi ringga ko‘tariladi. Ushbu jang Toshkent vaqti bilan soat 17:50 dan so‘ng, start oladi.

Eslatib o‘tamiz, kecha 26 oktyabr kuni 3 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tarilishi kerak edi. Dastlab, 80 kg vazn toifasida Odiljon Aslonovning tanzaniyalik raqibi Yusuf Changalavey noma’lum sabablarga ko‘ra jangga chiqmaydigan bo‘ldi va buxorolik bokschi avtomatik tarzda keyingi bosqichga yo‘l oldi. Aslonov navbatdagi jangida italiyalik Fioriga qarshi bahs olib boradi.

Saidjamshid Jafarov (75 kg) Slovakiya vakili Lukas Fernezaga qarshi ringga ko‘tarilib, g‘alaba qozondi va keyingi bosqichga yo‘l oldi. Unga yaponiyalik Yuito Morivaki raqiblik qiladi.

51 kg vaznda ishtirok etgan Rio Olimpiadasi g‘olibi Hasanboy Do‘smatov esa qozog‘istonlik Saken Bibossinov qarshi ringga ko‘tarilib, mag‘lubiyatga uchradi. 

Ma’lumot uchun, Jahon chempionati joriy yilning 6 noyabriga qadar o‘tkaziladi. 

Humoyun Oripov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 100
Reyting: 3.1
t
×