Boks bo‘yicha JCH boshlandi. Bugun qaysi bokschi ringga ko‘tariladi?

Sport

image

Bugun, 25 oktyabr kuni boks bo‘yicha Jahon chempionati bellashuvlari boshlanadi.

O‘zbekistonlik bokschilar ishtirokini 67 kg vazn toifasida Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev boshlab beradi. U irlandiyalik Brendan Makkeniga qarshi ringga ko‘tariladi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan soat 22:30 dan so‘ng boshlanadi.

20 yoshli Mo‘ydinxo‘jayev yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati g‘olibi va 2020 yilda kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempioni bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 24 oktyabr kuni janglarga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi va o‘zbekistonlik bokschilar o‘z raqiblarini bilib olishdi.

26 oktyabr, seshanba

51 kg: Hasanboy Do‘stmatov — Saken Bibossinov (Qozog‘iston)

75 kg: Saidjamshid Ja’farov — Lukas Fernetsa (Slovakiya)

80 kg: Odiljon Aslonov — Yusuf Changalave (Tanzaniya)

27 oktyabr, chorshanba

86 kg: Shohjahon Abdullayev — Viktor Shelstrayete (Belgiya)

28 oktyabr, payshanba

57 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov — Jamal Harvi (AQSH) / Vasili Usturoi (Belgiya)

+92 kg: Lazizbek Mullajonov — Puriya Amiri (Eron)

29 oktyabr, juma

54 kg: Shahobiddin Zoirov — Tamir Galanov (Serbiya)

60 kg: Abdumalik Halokov — Fabio Roseli / Jasin Lyama

71 kg: Shahram G‘iyosov — Farhad Murodi (Eron) / Aslanbek Shimbergenov (Qozog‘iston)

92 kg: Madiyor Saidrahimov — Vladislav Smyaglikov (Belarus) / Joshua Vasike (Keniya)

30 oktyabr, shanba

63,5 kg: Mujibullo Tursunov — Jantoro Tursunov (Qirg‘iziston) / Taiga Imanaga (Yaponiya)

48 kg: Nodirjon Mirzahmedov — Rikki Nesbitt (Irlandiya)

Ma’lumot uchun, Jahon chempionati 6 noyabr kuniga qadar bo‘lib o‘tadi. Musobaqa sovrin jamg‘armasi 2,6 million dollarni tashkil qiladi. Oltin medal sohiblariga 100 ming AQSH dollari, kumush medal egalariga 50 ming AQSH dollari, bronza medal sovrindorlariga esa 25 ming AQSH dollari mukofot sifatida taqdim etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

AIBA Jahon chempionati Boks O'zbekiston MTJ Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev

Baholaganlar

552

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing