Boks bo‘yicha JCH: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev raqibiga imkoniyat qoldirmadi

Sport

image

Bugun, 27 oktyabr kuni Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha Jahon chempionatining to‘rtinchi kungi bahslari o‘z yakuniga yetdi.

Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (67 kg) Falastin vakili Ahmed Xarara bilan “hisob-kitob” qildi. Mo‘ydinxo‘jayev keyingi bosqichda Dmitriy Galagot (Moldova) va Sevonret Okazava (Yaponiya) jangi g‘olibiga qarshi ringga ko‘tariladi. Farg‘onalik bokschi ilk jangida irlandiyalik Brendan Makkiverni mag‘lub etgan. 

Eslatib o‘tamiz, +92 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Lazizbek Mullajonov Eron vakili Puria Amiriga qarshi ringga ko‘tarildi va ishonchli g‘alabaga erishdi. 22 yoshli farg‘onalik bokschi keyingi bosqichda britaniyalik Delishes Orega qarshi bahs olib boradi.

Ma’lumot uchun, Jahon chempionati joriy yilning 6 noyabriga qadar davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

AIBA Jahon chempionati Boks Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev

Baholaganlar

65

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing