Boks. Ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionati qayerda o‘tkazilishi ma’lum

Sport

image

Xalqaro boks assotsiatsiyasi (AIBA) joriy yilgi ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionati Turkiyaning Istanbul shahrida o‘tkazilishini e’lon qildi. Musobaqa dekabr oyida bo‘lib o‘tadi va aniq sanalari tez orada ma’lum bo‘ladi. 

Ushbu Jahon chempionatining mukofot jamg‘armasi 2,4 million AQSH dollarini tashkil etadi. Chempion bokschilar 100 ming, kumush medal qo‘lga kiritgan charm qo‘lqop ustalari 50 ming, bronza medal egalari esa 25 ming dollar pul mukofotiga ega bo‘ladi. 

O‘zbekiston boks terma jamoasi ayni kunlarda Bolgariyaning Sofiya shahrida o‘tkazilayotgan ayollar o‘rtasidagi xalqaro turnirda ishtirok etmoqda.

Ma’lumot uchun, erkaklar o‘rtasidagi Jahon chempionati joriy yilning 25 oktyabridan 6 noyabriga qadar Serbiyaning Belgrad shahrida o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

AIBA Jahon chempionati Boks Ayollar

Baholaganlar

13

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing