Muhammad Alidan namuna olib: Habib Afrikaga ishora qilyapti

Sport

22222222222222222222222222222222

Mutlaq janglar chempionatining (UFC) yengil vazn toifasidagi chempioni Habib Nurmuhamedov o‘zining keyingi jangi uchun joy qidiryapti. Sportchi Insragram`dagi postlaridan birida ekzotik joyda oktagonga chiqishga qarshi emasligini yozgan.

“Afrikada jang qilish katta sharaf bo‘lardi”, degan Habib.

Sportchi postida bokschi Muhammad Ali va Jorj Formanning afsonaviy jangidan video parcha keltirgan. Bu jang 1974 yilda Kongo Demokratik Respublikasida, kuchli jala bo‘layotgan va namlik darajasi keskin oshib ketgan vaqtda bo‘lgandi.

Sport tarixiga ushbu qarama-qarshilik “Junglidagi jang” nomi bilan kirgan. Afsonaviy Muhammad Ali to‘lib-toshgan 60 minglik arena va 1 mlrddan ortiq teletomoshabinlar ko‘z o‘ngida raqibini 8-raundda nokautga uchratgan.

Habibga Afrika qit’asi nisbatan yaqin hisoblanadi. 2018 yilning kuzida sportchi Nigeriyaga borib, u yerda muhtojlarga tibbiyot markazi, maktab qurish hamda quduq ochishga yordam ko‘rsatgan.

Eslatib o‘tamiz, Habib Nurmuhamedovning navbatdagi jangi Toni Fergyusonga qarshi bo‘ladi. Jang kelasi yilning 1-choragida o‘tishi kutilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Habib Nurmuhamedov Muhammad Ali

Baholaganlar

110

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing