Boks afsonasi Roy Jons Toshkentga keladi (video)

Sport

image

Amerikalik afsonaviy bokschi, turli vazn toifalarida jahon chempioni Roy Jons Toshkentga keladigan bo‘ldi. Bu haqda uning o‘zi Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 55 yoshli Jons may oyida O‘zbekistonga keladi. U Mahmud Murodovga tegishli Murodov professional ligasining (MPL) 9-turnirida faxrli mehmon sifatida ishtirok etadi.

MPL turniri 11 may kuni Toshkent shahridagi “Yunusobod” sport majmuasida o‘tkaziladi. Hozircha musobaqada ishtirok etuvchi jangchilar nomi e’lon qilinmagan. 

Ta’kidlash joiz, bu Royning Toshkentga birinchi marta kelishi emas. U 2019 yil noyabr oyida poytaxtda o‘tkazilgan GFC-20 musobaqasida ham mehmon bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

boks Mahmud Murodov Roy Jons

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing