“Boqiy umr” kapsulasi kashf etildi

Texnologiya

image

Rossiyada Qozonlik olimlar va shifokorlar inson umrini 150 yilgacha uzaytira oladigan maxsus kapsula o‘ylab topdi. Bu haqda “Mail.ru” nashri xabar berdi.

Bildirilishicha, ishlab chiquvchilar allaqachon ixtironi patentlash uchun ariza topshirishgan va dastlabki uchta model Dubayga eksport qilinadi.

“Boqiy umr kapsulasi” (Immortality Capsule) deb nomlangan apparat majmuasi sun’iy intellekt bilan jihozlangan. Kapsula tizimi bosim, puls, harorat, ko‘z ichi bosimi, terining holati, qondagi kislorod va qand miqdori, qon aylanishi va asab tizimlarining holatini o‘lchash va baholashga qodir.

Shuningdek, olingan ma’lumotlarning tahliliga asoslanib, u tananing umumiy holati, mavjud o‘zgarishlar to‘g‘risida hisobot beradi va kasalliklar xavfi haqida ogohlantiradi. Ixtirochilar bu inson hayotini uzaytirishga yordam beradi, deb ishonmoqda.

Kapsula massaj kursisi, monitor, kompyuter, nutqni tahlil qilish uchun karnayli mikrofon, kislorodli niqob va teri holatini ko‘rsatuvchi kamerani o‘z ichiga oladi. Shuningdek, unga shikoyatlarni tinglaydigan, yoqimli musiqa yoki video namoyish etadigan va maslahatlar beradigan smart psixolog do‘st ham o‘rnatilgan.

Eslatib o‘tamiz, Yaponiyada kompaniyalar ofislarda uxlash uchun maxsus kapsulalarni o‘rnatmoqchi. Unda ishchilar tik turib uxlashi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya umr kapsula

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing