Bog‘ot tumaniga yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
17 dekabr 2020
8332Bugun, 17 dekabr kuni Xalq deputatlari Bog‘ot tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Shavkat Quramboyevich Yaxshiboyev Bog‘ot tuman hokimi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.
Bugungacha Shavkat Yaxshiboyev Xorazm viloyati hokimligi Madaniyat va aholi dam olish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, shu paytga qadar Oybek Xolboyev Bog‘ot tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgandi. U 2019 yil sentyabr oyida tumanda fuqarolar paxta terimiga majburan jalb etilgani tufayli jarimaga tortilgandi.
LiveBarchasi